16.05.2018 13464

“O'zbekiston ayollari - adolat strategiyasida”mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiya 14-May Xalqaro "Oila kunidan" oldin bo'lib o'tdi. Bu bejiz emas. U O'zbekistondagi 2017-2021-yillardagi “Xarakatlar strategiyasidan" va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takommilashtirish choralarini ko'rish” tog'risidagi farmoni doirasida o'tkaziladi.

 Uni universitet xotin-qizlar qo'mitasi “Olima-ayollar” assotsiyatsiyasi, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamkorligida o'tkazdi. Ushbu konferensiyada universitet professor-o'qituvchilari, talabalari bilan bir qatorda, O'zbekiston xalq artisti, O'zbekiston Respublikasi televideniyasining birinchi suhandonlaridan Galina Melnikova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi, Respublikada “Buvijonlar maktabi” ni tashkil etgan Muborak Yunusxodjaeva, Respublika “Oila” ilmiy-tadqiqot markazi vakili Shamuratova Nigoralar ishtirok etdi.