Universitetda 12-13 mart kunlari umumxalq hayriya Hashari o'tkazildi
14.03.2016 37854
Hashar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining buyrug'iga binoan mart oyida yurtimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish oyligi e'lon qilindi. Ushbu munosabat bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 12-13 mart kunlari umumxalq hayriya Hashari o'tkazildi. Hashar davomida professor-o'qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talabalar tomonidan universitet hududi tartibga keltirildi, ko'plab daraht va gul ko'chatlari o'tqazildi, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.