14.05.2018 12731

11-12 may sanalarida Universitetimizda fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning 14 ta oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar intellektual musobaqada ikkita: yuridik va noyuridik yo‘nalishlarga bo‘lingan holda olib borishdi. Musobaqa natijasida noyuridik yo‘nalishda 1-o‘rinni Qoraqalpoq davlat universiteti, 2-o‘rinni Termiz davlat universiteti va 3-o‘rinni Andijon davlat universiteti talabalari egallashdi.

Yuridik yo‘nalishda 1-o‘rin IIV Akademiyasiga, 2-o‘rin musobaqa mezboni – JIDUga va 3-o‘rinni Milliy gvardiya talabasi egalladi. Tadbir so‘nggida barcha g‘oliblarga ularning Ilmiy rahbarlariga tegishli diploma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga ham esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqada ishtirok etgan talabalar va ularning ilmiy rahbarlari o‘zlari ishtirok etgan eng adolatli tarzda o‘tkazilgan olimpiada, aynan JIDUda bo‘lib o‘tganligini samimiy ta’kidlashdi va barcha tashkilotchilarga, shuningdek JIDU professor-o‘qituvchilariga o‘z minnatdorligini bildirishdi.