12.05.2018 12716

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 3-kurs talabalari 2018-yil 27-aprel kuni Xalqaro savdo va investitsiyalar kafedrasi o’qituvchisi G. Baqoyeva boshchiligida “Coca Cola Ichimligi” korxonasiga tahrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalarga korxonaning tarixi, rivojlanish bosqichlari va mahsulot turlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Dunyoning eng yirik va muvaffaqiyatli korxonalardan birining ishlab chiqarish, marketing va menejment tizimlari bilan tanishish talabalar uchun katta tajriba bo’ldi. Shu bilan birga talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tashrif so’ngida kompaniya vakili JIDU talabalarini amaliyot o’tash uchun Coca Cola kompaniyasiga tashrif buyurishidan mamnun bo’lishini ta’kidladi.