O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalarining sayyor ma’ruza darsi o‘tkazilganligi va markaz faoliyati bilan tanishish yuzasidan tashrifi to‘g‘risida
10.05.2018 13168
2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet talabalarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 2018-yil 7-may kuni H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga tashrif buyurildi. Talabalar uchun “DNK ekspertizasining fuqarolik va jinoiy sudlov ishlarini ko‘rishda va hal qilishdagi o‘rni” mavzusida ma’ruza o‘qildi va markazning bir qator laboratoriyalari faoliyati va zamonaviy texnologiyalarda ishlash tartibi bilan tanishtirildi.
Talabalar markazning “Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi” laboratoriyasi, “Sud ballistik va izshunoslik ekspertizasi” laboratoriyasi, “Sud-iqtisodiy ekspertizasi” bo‘limi, “Sud-qurilish-texnik ekspertizasi” bo‘limi, “Sud fonografiya ekspertizasi” laboratoriyasi, “Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi” laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Mazkur tashrif jarayonida amaliyotda duch keladigan holatlar yoritilib, talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalar yanada boyitildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra talabalar H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining faoliyati va istiqbollardagi rejalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.