11.03.2016 33070

2016 yil 10 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli vazirlik va idoralar vakillari hamda universitet va TDYuU ilmiy-akademik ahli ishtirokida navbatdagi ekspert yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida “O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalar to'g'risida”gi Qonun loyihasining yangi tahriri bo'yicha mazmunli fikr almashildi. Mazkur Qonunning har bir bandi muhokama etildi va uni yanada takomillashtirish bo'yicha kontseptual takliflar ishlab chiqildi.