Akademik A.Agzamxo‘jayevning yubileyi
08.05.2018 12783
Joriy yilning 3-may kuni universitetda jamoat va davlat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti lauriati, yuridik fanlar doktori, akademik Anvar Agzamovich Agzamxo‘jayev tavalludining 90-yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. A.Agzamxo‘jayev – ma’muriy, davlat (konstitutsiyaviy) huquqi bo‘yicha davlat qurilishi sohasidagi tahlillar, xulosa va tavsiyalarini yozib o‘tgan, ta’lim va fanning rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan yuzdan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. Ushbu amalga oshirilgan barcha ishlari bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini yo‘qotmagan.
Anjumanni kirish so‘zi bilan JIDU prorektori, professor, yu.f.d., senator M.Raxmonqulov ochib berdi. O‘zlarining tabrik so‘zlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev, O‘zbekiston Respublikasi sudyalar Assotsiatsiyasi raisi U.Mingboyev, O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan arbob, O‘zbekiston Respublikasi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha M.Ulug‘bek nomidagi vasiylik kengashi jamoat fondi raisi, t.f.d. A.Salimov, akademik S.Gulyamov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi B.Matmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi A.Saidov, JIDU xalqaro va tahliliy ommaviy huquqi tadqiqot markazi rahbari, Yevroosiyo akademiyasi ma’muriy huquqi bo‘yicha akademik, yu.f.d. I.Xamedov, hamda mamlakatimizning boshqa jamoat va davlat arboblari ishtirok etdi.
Tabriklar Anvar Agzamovich bilan birga faoliyat yuritgan hamkasblari, taniqli olimlar va o‘quvchilari tomonidan is’hor etildi.