07.05.2018 12832

“Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalarining “Kriminalistika” fani bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 2018-yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi Ekspert-kriminalistika bosh markazida “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Fayziev Shoxrud Farmonovich boshchiligida sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Talabalar o‘quv mashg‘uloti davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Ushbu tashrif talabalarda katta taassurot qoldirdi.