“Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi o‘quv jarayonida oraliq nazoratlarini o‘tkazishda innovatsion yondashuv amalga oshirilmoqda
05.05.2018 12723
2018 yil 4 may kuni “Xalqaro huquq” fakultetining 3-bosqich talabalari uchun “Moliya va soliq huquqi” fani doirasida oraliq nazorati bo‘lib o‘tdi. Unda 5ta guruh ishtirok etdi. Oraliq nazorat ishi interaktiv uslubdan foydalangan holda o‘tkazildi. Natijada 5-guruh talabalari
1-o‘rin, 4-guruh talabalari ikkinchi va 3-guruh talabalari 3-o‘rinni egallashdi.
G‘oliblarning o‘ziga xos sovg‘asi bu quyidagi yuqori ballar hisoblanadi:
1-o‘rin 8dan 10 ballgacha;
2-o‘rin 7dan 9 ballgacha;
3-o‘rin 6dan 8 ballgacha.
Jyuri a’zolari sifatida ishtirok etganlar: yu.f.n., dos R.Yu.Yusuvaliyeva, o‘qituvchilar: N.R.Kadirova, Sh.B.Urunbayev hamda “Xalqaro huquq” fakulteti dekani muovini – F.M.Tashev.