21.04.2018 14032

2018-yil 18-aprel kuni Surxondaryo viloyatida utkazilgan “Central Asia–2018. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XII Xalqaro konferensiyasining yalpi majlisida, JIDU Axborot resurs markazi xodimlari, D.N.Gridin va Z.X. Tuychiyevalar ishtirok etishdi.

Ushbu yirik tadbirlarda respublikamizdagi axborot-kutubxona muassasalarining bugungi kundagi holati, sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi, tajribalari, muammolari tahlil qilinib, istiqboldagi rejalari belgilab olinadi va hamkorlikda ishlash jarayoni davom ettirib borilayotganligi haqida gapirib o‘tildi.

Yalpi majlis yakunida ishtirokchilar kelajakda O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga oid qarorlar qabul qildilar.