03.05.2018 14415

JIDU Biznes laboratoriyasining sayyor ma’ruzalar yo’nalishi doirasida va JIDU Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi ko’magida Toshkentdagi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd» zavodiga ekskursiya uyushtirildi. Ushbu tadbirda biznes va menejmentga qiziquvchi JIDU talabalari qatnashishdi. JIDU Biznes laboratoriyasining sayyor ma’ruzalar yo’nalishining asosy vazifasi talabalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirish va ularda nazariy jarayon va amaliyot o’rtasidagi bog’lanishlar haqida tushuncha yaratish hisoblanadi. 

Ekskursiya davomida talabalar global kompaniya tarixi, O’zbekistonda coca-cola ichimligi zavodlarini ishga tushirilish tarixi va Toshkentdagi Coca-cola zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdilar. Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.