02.05.2018 13198

30-aprel kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 1-kurs talabalarining “Olimpiya zaxiralari” muzeyiga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqbuzarliklarni oldini olish, huquqiy ong va tafakkurni shakllantirishga qaratildi. Muzeydan joy olgan eksponatlar O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga, aholini, ayniqsa, yoshlarni, sport va jismoniy tarbiyaga jalb etishga qaratilgan shart-sharoitlar, olimpiya sport o‘yinlari solnomalariga bag‘ishlandi. Namoyish etilgan ko‘rgazmalar qatorida muzeyning markaziy zalidan o‘rin olgan maxsus stendlar diqqat-e’tiborni tortdi. Ayniqsa, Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan chempionlarning yutuqlari, shuningdek, paraolimpiya chempionlarining medallari murabbiylar va talabalarda katta taassurot qoldirdi. Ekskursiya yakunida Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXIII olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi. Mazkur tashrif barcha murabbiylar va talabalarda mamlakatimizning yosh sportchilariga hamda faxrimiz bo‘lgan olimpiya chempionlariga nisbatan milliy g‘urur va iftixor hissi yanada ortdi.