02.05.2018 13128

30-aprel kuni universitet talabalari va o‘qituvchilar “Turkiston” saroyida tashkil etilgan jaz festivaliga tashrif buyurdilar. Mazkur madaniy tadbir O‘zbekistonda o‘tkazilgan Xalqaro jaz festivali doirasida namoyish etildi. Tashrif buyurgan ixlosmandlar diqqatiga Isroil jaz orkestri, Slovakiya Respublikasi trio guruhi, Vengriyaning jaz guruhi, AQSH, Chexiya, Shveysariya, Turkiya, Belarus orkestrlari, Qozog‘istonning big-bend guruhi, hamda B.Zokirov nomidagi estrada-simfonik orkestri kabi turli musiqiy jamoalar o‘zlarining chiqishlarini namoyish etdi. Ushbu konsert dasturi jaz musiqachilarining yakunlovchi bosqichdagi sahna chiqishlari mahsulini tashkil etdi hamda aprel oyi davomida jaz kompozitsiyalari orqali barchaga cheksiz ijobiy hissiyotlar taqdim etdi. Shu bilan birga yana bir yorqin ma’naviy zavq olish misolida talabalar va o‘qituvchilarning Davlat akademik rus drama teatriga bo‘lgan tashrifini gapirib o‘tish joiz. U yerda 28-aprel kuni “Sokinlikni buzmang!” nomli spektakl tomoshabinlarga namoyish etildi.