“Abu Nasr Farobiy - dunyo falsafasi, madaniyati hamda sivilizatsiyasining buyuk namoyondasi” mavzusida badiiy kecha
27.04.2018 20939
26-aprel kuni Talabalar turar joyida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida “Al-Farobiy - dunyo falsafasi, madaniyati hamda sivilizatsiyasining buyuk namoyondasi” mavzusiga bag‘ishlangan badiiy kecha o‘tkazildi. Kechada buyuk allomaning hayoti va ijodiga, tarixiy-falsafiy asarlariga, xususan, “Fozil odamlar shahri”, “Yoshlarning aqli haqida kitob”, “Fuqarolar siyosati”, “Urush va tinch hayot haqidagi kitob”, “Mantiqqa kirish kitobi” , “Ikki muallim”, “Jamiyatni o‘rganish haqidagi kitob” deb nomlangan kitoblariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Mutafakkirning ilmu-ma’rifatga qo‘shgan hissasi, axloq-odobga oid pedagogik qarashlari to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi. Abu Nasr Farobiyning asarlaridan namunalar o‘qib eshittirildi. Badiiy kecha mavzusining ahamiyatliligi 20-aprel kuni Qozog'istonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ta’kidlab o‘tildi. Bunda professor F.Muminova “Al-Farobiy merosi va sivilizatsiyalar hamfikrliligi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Badiiy kecha barcha talabalarda katta ta’ssurot qoldirdi.