19.04.2018 12825

18-aprel kuni murabbiylik soatida “Xalqaro huquq” va “xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga Respublika OITS markazi mutaxassislari Nazokat Turg‘unovna Jabbarova hamda Nargiza Xusanovna Rasulovalar tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida OIV/OITS kasalligining epidemiologiyasi, uning kelib chiqishi, oldini olish yo‘llari, hamda respublikada ushbu kasallikka qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Mavzu doirasida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi va o‘z bilimlarini boyitdi.