16.04.2018 13309

13-aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘iga asosan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator o‘rta ta’lim maktablari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, universitetimiz Mirzo-Ulug‘bek, Uchtepa, Chilonzor, Olmazor, Shayxontohur, Yunusobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maktablar bilan o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda hamkorlik ishlarini olib boradi.