14.04.2018 13987

 “Fuqarolik jamiyati” fani doirasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori Fotima Mo`minova tashabussi bilan O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O`zLiDeP)  a’zolari va JIDU Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti birinchi bosqich talabalari  o`rtasida davra suhbati o`tkazildi.

  Mazkur uchrashuv interaktiv shaklda, juda mazmunli va qiziqarli o`tdi. O`zLiDeP bo`lim boshliqlari, mutaxassislari Sardor Maripov, Sarvar Ibrohimxanov, Sanjar Avalbayev va boshqalar partiya tuzilmasi, maqsad hamda vazifalari va “Yoshlar qanoti” faoliyati haqida to`liq ma’lumot. 

 Talabalarga O`zLiDePning ko`p qirrarli ish faoliyatini namoyish etuvchi   slaydlar, «ХХI asr» gazetasi nusxalari, hamda bukletlar, materiallar ko`rsatildi va tarqatildi.    

   Muloqot jarayonida talabalar o`zini qiziqtirgan savollar berdilar. Masalan, O`zLiDeP partyiyasi xorij mamlakatlarda o`xshash siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik olib boradimi, uyushmagan, ish qidirib yurgan yoshlar o`rtasida monitoring o`tkaziladimi, mazkur partiya o`z ishni boshlamoqchi bo`lgan yosh tadbirkorga kredit ajratadimi va boshqa savollar berdilar.

    Uchrashuvning so’ngida talabalar “Yoshlar qanoti” yo`nalishda otkaziladigan tadbirlarda qatnasishga oz istaglarni bildirdilar, va ularni Mirzo Ulugbek tumanining partiya filialida jamoatchilik asosida katnashishning imkoni yaratildi.