Lund universiteti professori Patrik Olssonning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga akademik tashrifi haqida
11.04.2018 14152
2018-yilning 10-aprel kuni “Erasmus+ Key Action 1 International Credit Mobility” loyihasi doirasida Lund universiteti (Shvetsiya) huquq sotsiologiyasi professori Patrik Olsson (Patrik Olsson) tashrif buyurdi.
JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirokida Shvetsiyalik olim bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz mehmoni dunyo amaliyotida huquq sotsiologiyasi sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lganligi tufayli universitet talabalari huquq sotsiologiyasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari borasidagi bilimlarini oshirishga sazovor bo‘ldilar.
Ushbu ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.