04.04.2018 13286

3 aprel kuni “XH”, “XM” va “XIM” fakulteti 1-3 kurs talabalari o‘rtasida kitob mutolaasi o‘tkazildi.

Ushbu mushoira “Biz - Imom al-Buxoriy avlodlarimiz!” shiori ostida o‘tkazilib, buyuk allomaning hayoti va ilmiy ijodiga bag‘ishlandi. Talabalar o‘z chiqishlarida,Imom al-Buxoriyningnasl-nasabi, tavalludi, hadislarning o‘rganishi, she’riyatiga to‘htalib o‘tdi. Ayniqsa, hadis ilmining sultoni bo‘lganallomaning “al-Jome’ as-sahiyh” asari, uning yaratilishi va shartlari o‘rganildi. Ushbu kitobga kirgan hadislar to‘plami yoritilib o‘tildi. Imom al-Buxoriy xaqida olimlarning fikr-mulohazalari o‘qib eshittirildi. Talabalar o‘rtasida“Sahiyh” asarida keltirilganrivoyatlar aytishuvi bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqan har birnotiq Imom al-Buxoriy saboqlarini o‘rganish va hayotga tadbiq etishga da’vat etdi.