Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining ma’ruzasi
31.03.2018 11460
2018 yilning 28-mart sanasida JIDUga Hindiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri M.J.Akbar tashrif buyurdi.
“21 asr tahdidlari” mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruzasida ekspert talabalarga zamonaviy bosqichda xavfsizlikka asosiy tahdidlar haqida so‘zlab berdi.
Ma’ruza yakunida talabalar xalqaro munosabatlar sohasidagi o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Tashrif so‘ngida, prorektor V.Xoshimov oliy martabali mehmonga qiziqarli va foydali ma’ruza uchun minnatdorchilik bildirdi.