O'zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar bosh hisobchilari o'zining malakalarini oshirdilar
10.03.2016 34237
22 fevraldan 5 martgacha Boshqaruv Institutida “Buxgalterlik hisobini olib borishning yangi tizimi ” ikki xaftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Toshkent shahari va viloyati, Samarqand, Surxandaryo, Namangan, Buxoro, Kashqadaryo viloyatlari va Koraqalpog'iston Respublikasidan 40 nafar tinglovchilar o'z malakalarini oshirdilar. O'quv kursida Sog'liqni saqlash vazirligi, “O'zkimyosanoat” AK, “O'zbekiston avtomobil va daryo transporti” agentligi, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi,O'zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligidan bosh hisobchilar va o'rinbosarlari o'z malakalarini oshirdilar. 1 mart kuni Boshqaruv Institutining tinglovchilari bilan JIDUning faollar zalida O'zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diev bilan uchrashuv o'tkazildi. Yodgor Sa'diev tinglovchilarini, talabalarni qiziqarli savollariga javob berdilar va uchrashuv davomida ular o'zlarining sevgan qo'shiqlarini ijro etib berdilar.