15.03.2018 15329

Konferensiyada xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dolzarb muammolari, shuningdek O‘zbekiston milliy qonunchiligining ayrim masalalari muhokama qilindi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun mamlakat ilmiy jamoatchiligi va ekspertlari oldida ko‘plab masalalar yuzasidan demokratik va mutanosib, shuningdek chuqur o‘ylangan amaliy yechimlarni berish vazifasi turibdi. Aynan ushbu konferensiya ham magistrlar, doktorantlar va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni muhokama qilish va munosiblarini tegishli mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish uchun o‘tkazilmoqda.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha quyidagi mazmundagi rezolyutsiya qabul qilindi:

  • tadbir davomida taklif etilgan ayrim masalalar yuzasidan ilmiy-tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va manfaatdor tashkilotlarga jo‘natish choralarini ko‘rish;
  • JIDUning tahririy-noshirlik bo‘limida konferensiya materiallari to‘plamini chop etish;
  • mamlakatning ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikda har chorakda xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dolzarb muammolari bo‘yicha davra suhbatlarini o‘tkazib turish.