10.03.2018 15591

“Diplomatik va konsullik xizmati” fani doirasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashkillashtirilgan sayyor dars

         2018 – yil 7 – mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 4-bosqich talabalari “Diplomatik va konsullik xizmati” fani doirasida ustozlari Adham Gafurovich Rasulov boshchiligida Oqsaroy qarorgohiga - O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif  buyurdilar. Talabalarga Majmua, Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga bag’ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko’rgazmadagi foto, tasviriy san’at va haykaltaroshlik namunalari ularga xamrohlik qilgan mutaxassis xodimlar tomonidan tanishtirildi. Ular haqidagi ma’lumotlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.