20.02.2018 15093

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikada “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun san’atning inson dunyoqarashiga bo’lgan ta’siri to’g’risida ushrashuv tadbiri bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida taniqli rassom, grafik va haykaltarosh Gulzor Sultanova tomonidan “Huquq va san’at” mavzusida master-klass o’tkazildi.

Gulzor Sultonova hamisha o’z iste’dodi bilan ajralib turadigan san’atkor bo’lib, uning asarlari dunyoning ko’p mamlakatlarida ko’rgazmaga qo’yilgan.

Uning iste’dodi nafaqat O’zbekistonda, balki Avstraliya, Chexiya, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy AQSH va ko’plab boshqa davlatlarda tan olingan.

Uchrashuv davomida nafaqat tasviriy san’at, grafika va haykaltaroshlikdan tanishtiruv ma’ruzasi o’tkazibgina qolmay, balki sopoldan haykal yasash bo’yicha master-klass ham ko’rsatildi.

Uchrashuvdan maqsad talabalarni san’at va huquqning bog’liqligini ko’rsatish bo’libgina qolmay, ularda san’atda didni shakllantirish va motorikani rivojlantirish ham edi. Tashkilotchilarning maqsadi talabalarni kelajakda yuqoriroq ma’naviy, etik va estetik darajasi yuqori bo’lgan kadrlarni sifatida tayyorlash, va ushbu san’at bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lmagan talabalarni san’atga qiziqtirish edi.

Uchrashuvda JIDU “Xalqaro huquq” fakultetining 3-5 bosqich talabalari va Yuridik klinika murabbiylari qatnashdilar.