20.02.2018 14813

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, shuningdek Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va milliy xavfsizligining huquqiy vositalarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, JIDU professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda talabalar qatnashdi.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan murojaatnomasida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishning aniq choralarini ko‘rish, shuningdek milliy xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq masalalar, Mudofaa doktrinasini yangi tahrirda qabul qilinishi, Milliy gvardiyaning va Harbiy sanoat bo‘yicha davlat qo‘mitasining tashkil etilishiga oid masalalar muhokama etildi.

Mazkur masalalar muhokamasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi, akademik A.X.Saidov, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.E.Raxmonov, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi A.A.Umirzoqov, shuningdek Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar JIDU bilan hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, kelgusida mana shunday ilmiy muhokamalarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishb oldilar.