“Hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasi: investitsiya, innovatsiya va texnologiya” mavzusidagi davra suhbati
30.01.2018 15874
2018 yil 27 yanvar kuni JIDUda “Hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasi: investitsiya, innovatsiya va texnologiya” mavzusida respublika “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda JIDU, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “O'zbekneftegaz”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, shuningdek, boshqa muassasalardan tashrif buyurgan soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasida investitsiya, innovatsiya va texnologiya masalalari bo‘yicha fikr almashildi.