29.01.2018 15522

2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar boshqarmasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’ruza o‘qildi.

Mazkur uchrashuv amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra talabalar turli masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalar almashdilar.