24.01.2018 16140

2018 yil 23 yanvar kuni universitetda talaba-yoshlar hamda o‘qituvchi-murabbiylar o‘rtasida “Jasorat” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar Birlashmasi vakillari professor Yusuf Negmatovich Abdullayev, polkovnik Anvar G‘aniyevich Rashidov, Birlashma raisi Talat Pardayevich Murodovlar tashrif buyurdi. Tadbirda talaba-yoshlar ongi va qalbiga Vatanni sevmoq, uni himoya qilmoq kabi tuyg‘ularni singdirish, yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kabi muhim masalalarga urg‘u berildi. Tadbir mazmuni ushbu Birlashma qoshida tashkil etilgan “Vatanparvar fidoyilar” badiiy jamoasining chiqishlari bilan boyitildi. Tadbir so‘ngida talabalar veteranlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi. Mazkur tadbir talabalarda va o‘qituvchi-murabbiylarda katta taassurot qoldirdi.