27.12.2017 16680

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida 2017-yil 20-dekabr kuni «2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida iqtisodiyotni liberallashtirish yo‘llari va mexanizmlari” mavzusida navbatdagi O‘zbekiston Iqtisodchilari Forumi o‘tkazildi.

Forumda quyidagi JIDU olimlari qatnashishdi: .A. Dergacheva, L.M.Tashpulatova, A.F.Rasuleva. Ushbu O‘zbekiston Iqtisodchilari Forumining 4-seksiyasi viloyat, shaxar va tumanlarning kompleks va muvozanatlashgan ijtimoiy va iqttisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda JIDU “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Tashpulatova L.M., hamda Rasuleva A.F lar o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan chiqishdi. Ushbu ilmiy ma’ruzalar O‘zbekiston Respublikasidagi demografik holati va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bilan o‘zaro bog‘liqligi tadqiq qilingan bo‘lib unda O‘zbekistondagi demografik dividend davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ekonometrik model natijalari batafsil bayon etildi. Ilmiy ma’ruzalarning muhokamasida JIDU magistratura 1 bosqichi “Jahon iqtisodiyoti” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” yo‘nalishi talabalari faol ishtirok yetishdi.