27.12.2017 16432

2017-yil 23-dekabr kuni JIDUda “Hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasi: Markaziy Osiyodagi holat, muammolar va taraqqiyot tamoyillari” mavzusida respublika “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda JIDU, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “O‘zbekneftegaz”, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, G.V.Plexanov nomli RIU Toshkent filiali, shuningdek, boshqa muassasalardan tashrif buyurgan soha mutaxassislari ishtirok etdilar. Suhbat davomida hozirgi zamon jahon energetik diplomatiyasining Markaziy Osiyodagi muammolari va rivojlanishi tamoyillari bo‘yicha fikr almashildi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.