27.12.2017 16383

2017-yil 12-dekabrda JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi”ga bag‘ishlangan talabalarning eng yaxshi poster taqdimotlari tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talabalar Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini o‘zlari yaratgan posterdagi rangbarang rasmlarda namoyish qilishdi. Natijada 2-bosqichning 4 va 5 guruh talabalari: Z.Tadjiyeva, Sh.Sindarov, Sh.Xodjayeva, S.Sultanova, A.Uktamxodjayevalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.