20.02.2016 36601

2016-yilning 20-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi dotsenti, y.f.n. A.Dadasheva tomonidan “O’zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayoni va huquq ijodkorligining istiqbollari” mavzusida “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida talabalar O’zbekiston Respublikasida qonunchilik jarayoni, huquq ijodkorligi, sud-huquq islohotlari, shuningdek, mamlakatimizda qonunchilik yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli sa’y harakatlar hamda qonunchilik borasidagi o’zgartirishlar bo’yicha zaruriy bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.