24.02.2016 37601

Joriy yilning 24 fevral kuni murabbiylik soatida barcha fakultet 1-2 kurs talabalari hamda murabbiylari e'tiboriga “Xiva elchilari” deb nomlangan kitobning taqdimoti namoyish etildi. Ushbu kitob 2015 yil noyabr oyida chop etilib, bunda 1700-1920 yillar oralig’ida Chor Rossiyasi va Xiva xonligi o'rtasida hukum surgan davlatlararo munosabatlar yoritiladi. Qamrab olingan davr mobaynida faoliyat yuritgan 14 ta imperator hamda 45 ta Xiva xonlari haqida so'z yuritiladi. Kitobni namoyish etishda bir guruh olimshunos adiblar, jumladan, kitobning mualliflari Anbara Otamurodova va Ollanazar Abduraximov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist Jabbor Razzoqov, O'zMU doktoranti Erkin Otajonovlar ishtirok etdi. Davrani “IGF” kafedrasi professori Raxmon Farmonov olib bordi.