VI Respublika ilmiy va amaliy konferensiyasi.
14.10.2015 42200
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti tomonidan tashkil etilgan VI Respublika ilmiy va amaliy konferensiya ishtirokchilari xalqaro munosabatlardagi zamonaviy tendensiyalar holati va ustuvorligi, “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi”da belgilangan O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va diplomatiyasining ustuvor yo‘nalishlari xususida o‘zaro fikr almashdilar.
Konferensiya mavzusining muhim jihati xalqaro munosabatlarning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarning muhimligi hamda O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasining amalyotga tadbiq qilinishi bilan izohlanadi.
Konferensiyaning kun tartibiga quyidagi masalalar qo‘yildi:
Birinchi majlisda “Zamonaviy xalqaro munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni o‘rganishda yondashuvlar”;
Ikkinchi majlisda “O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvorligi va hududiy havfsizligi”.
Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va hududlararo ilmiy tadqiqot institutidan, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan vakillar va yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.
VI respublika ilmiy va amaliy konferensiya ishtirokchilari mazkur uchrashuv O’zbekiston Respublikasi turli ilmiy yo‘nalishlari va tahliliy markazlarining olimlari hamda mutaxassislari o‘rtasidagi fan sohalariga oid o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.