Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlangan talabalarning har yilgi anʼanaviy konferensiyasi
18.12.2017 15151
2017-yil 13-dekabrda JIDU yuridik klinikasi va “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlangan talabalarning har yilgi anʼanaviy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada Xalqaro huquq fakultetining 2-5 kurs talabalari, shuningdek fakultet dekan movuni Yakubxodjaev U., "Davlat qurilishi va huquq" kafedrasi professori Yusuvalieva R. va yuridik klinika murabbiylari - Ubaydullaev Z.S., Mayorova G.N., Cherkashina I.A. ishtirok etdilar.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 25 yilligiga bag’ishlangan konferensiyani Ubaydullaev Ziyodullo Sagdullaevich ishtirokchilarni qutlash bilan ochib berdi hamda o’z nutqida Konstitutsiyaning davlatimiz rivoji, shuningdek har bir fuqaroning kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.
Konferensiya davomida fakultetning 7 nafar talabalari eng dolzarb masalalar bo’yicha ma’ruza qildilar. Xususan, globallashuv masalalari va uning qonunchilikni rivojlantirishga ta’siri; inson huquqlarini himoya qilishga ta’sir ko'rsatadigan jinoiy-protsessual qonunchilik sohasida islohotlar; biznes va inson huquqlari; qonunlar va ularning ijrosi hamda samaradorligi tahlili; xorijiy hamkorlar bilan yuridik shaxslar va turli tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyatini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi; surrogatalik bilan bog’liq huquqiy muammolar va boshqalar muhokama qilindi.
Ko'rib chiqilgan barcha masalalar ishtirokchilar tomonidan faol muhokama etildi.
Konferensiya natijalari bo’yicha ma’ruzalar va nutqlarni nashr etish to’g’risida kelishib olindi.