15.12.2017 14426

2017-yil 14-dekabr kuni “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabalari murabbiylar rahbarligida “Ilhom” teatriga Alisher Navoiyning “Sab’ayi sayyor” (Yetti sayora) dostoni asosida sahnalashtirilgan “Yetti oy” spektaklining namoyishiga tashrif buyurdilar. Spektakl namoyishidan oldin teatrning ko`rgazma zalida o`zbek zamonaviy rassomlaridan biri Rustam Bazarovning asarlari ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Talabalar rassom ijodi bilan tanishdilar. So`ng namoyish qilingan spektakl talabalarda katta taassurot qoldirish bilan bir qatorda, Navoiy asarlariga bo`lgan qiziqishini yanada orttirdi.