“Axborot xavfsizligi: internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri va bu borada axborot xafsizligini ta’minlash masalalari”
15.12.2017 16301
Joriy yilning 15-dekabr kuni yoshlarning milliy mafkurasi va milliy immunitetini shakllantirishga qaratilgan “Axborot xavfsizligi: internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta’siri va bu borada axborot xafsizligini ta’minlash masalalari” mavzusida ma’ruza-suhbat tashkil etildi.
Mazkur ma’ruzaning maqsadi yosh avlodning axborot olishdagi madaniyatini shakllantirish, o‘z vaqtida axborot huruji va axborot xavfsizligiga dahldor holatlarni va uning haflilik darajasini aniqlay olish, uning salbiy oqibatlarini anglay bilish va oldini olish, axborotni tahlil qila bilishni yosh avlodga tushuntirishdan iborat.
Ma’ruzachi sifatida Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi Rasulev Abdulaziz Karimovich taklif etildi.
JIDU 2-bosqich sharq tillarini o‘rganuvchi talabalar mazkur ma’ruzani tinglash imkoniga ega bo‘ldilar.