UWED dagi respublika "davra suhbati"
14.12.2017 14408
Joriy yilning 13-dekabr kuni "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari ATB "Orient Finance Bank" bilan hamkorlikda "Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida innovatsion bank mahsulot va xizmatlari" mavzusidagi respublika "davra suhbati" bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, "Kapitalbank", Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, G.V.Plexanov nomli RIU toshkent filiali, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, shuningdek, boshqa muassasalaridan tashrif buyurgan soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini JIDU rektori A.A.Djumanov tomonidan ochiq deb e’lon qilingach, "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari, shuningdek XIM fakultetining bakalavr hamda magistratura talabalari o‘z ma’ruzalarini taqdim etishdi.
Davra suhbati davomida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida bank tizimini rivojlantirish istiqbollari, yuqori texnologiyali bank xizmati va mahsulotlar bozorini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari, blokchein texnologiyasini joriy etish imkoniyatlari, globallashuv hamda raqamli valyutalar yaratilgan davrda bank tizimini rivojlantirishga oid xavflar, shuningdek, elektron to'lov tizimlarini qo‘llash va rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar muhokama qilindi.
Davra suhbati ishtirokchilari ma‘ruzalarning dolzarbligi va sifatini, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta'kidladilar.