14.12.2017 14156

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi №PF-4456-son 2012-yil 24-iyul farmoniga muvofiq, mazkur yilning 14-dekabr sanasida JIDU qoshidagi test markazida EBSCO hamkorligida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur trening EBSCO kompaniyasining mutaxassisi Tamila Mirkamolova va «E-Line Press» kompaniyasi mutaxassisi Yuliya Yemlar ishtirokida utkazildi.

JIDU o‘qituvchi-professorlari va talabalari EBSCOning ma`lumotlar bazasi bilan tanishtirildilar. EBSCOning ma`lumotlar bazasi barcha yig‘ilganlar qiziqishiga sazovor bo‘ldi, negaki bu ma`lumotlar bazasi o‘qituvchi va talabalarning ilmiy izlanishlarida juda ham kerakli manba sifatida as qotadi.

Statistik ma`lumotlarga qaraganda JIDUning talabalari EBSCOning ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchilar soni jihatidan yuqori o‘rinlarda turadi.