Murabbiylik soatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi o‘rganildi
14.12.2017 14547
13-dekabr kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi o‘rganildi. Ma’ruzada ta’kidlanib o‘tilganidek, o‘tgan chorak asr davomida mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa uning haqiqattan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanidan dalolat beradi. Prezidentimiz o‘zlarining nutqida asosiy qonunimiz talablarini to‘liq amalga oshirish borasida hali oldimizda ulkan vazifalar turganini yaxshi tushunamiz, deb gapirib o‘tdilar. Ya’ni, xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini amalda ta’minlash bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak. Eng avvalo, odamlarimiz islohotlar samarasini kelajakda emas, balki bugun o‘z hayotida his etishlari zarur, deb bildirgan fikrlari barcha talabalarda katta ta’surot qoldirdi. Aynan shu maqsadda biz, - ta’kidlab o‘tdi Prezident, - taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, salohiyat va imkoniyatlarimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qilishimiz zarur. Shuning uchun har tomonlama chuqur o‘ylab, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Mazkur hujjat mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yo‘l xaritasi”ga aylandi. Prezidentning ma’ruzasi talabalarni qizg‘in muloqotga torti.