01.03.2016 36367

29 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Zulfiyaxonim davomchilari” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirga  O'zbekiston Respublikasi Xotin – qizlar qo'mitasi mas'ul xodimi G.Askarova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Dilnoza Kattaxanova, Mexrinoz Abbosova, Dilrabo Norkulova, Sitora Toshmatova, Maftuna Normatova, Maftuna Nodirova, Farida Toshpulatova, Nafosat Jurabekovalar tashrif buyurdilar. Tadbir davomida  O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning hayoti va ijodiga bag’ishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tashrif buyurgan mukofot sovrindorlari o'rtasida mushoira o'tkazildi, ular tomonidan o'zlari yozib o'tgan she'rilari o'qib eshittirildi. Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya qoshidagi akademik litsey o'quvchilari Ma'suma Elmurodova, Mohira Zuxurovalar ham o'z she'riy ijodi bilan ishtirok etdi. Davrani universitet Xotin-qizlar qo'mitasi raisi E.Sultanova olib bordi.