Yurisprudensiya sohasida psixologik bilimlarni egallash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
11.12.2017 14467
7-dekabr kuni “Pedagogika. Psixologiya” fani doirasida “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida “Yurisprudensiya sohasida psixologik bilimlarni egallash” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mahorat darsiga O‘zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi “Psixologiya” kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sirliyev Baxtiyor Nazarovich taklif etildi. Tashrif buyurgan mutaxassis yurisprudensiya sohasida qo‘llaniladigan samarali psixologik usul va vositalar to‘g‘risida batafsil gapirib berdi. Tergov harakatlari davomida yuzlashtirish, so‘roq qilish, ekspertiza o‘tkazishning psixologik asoslariga to‘xtalib o‘tdi. Inson tabiyati, uning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan usullarni yoritib bordi. Zo‘riqishni oldini olish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi. Mavzu doirasida taqdimot namoyish etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi va foydali amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldi.