11.12.2017 14171

2017-yil 7-dekabrda JIDU faollar zalida “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabalari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan viktorina ko‘rinishidagi Moliya va soliq huquqi fanidan 1-oraliq nazorati bo‘lib o‘tdi. Viktorinada talabalar bilan bir qatorda jyuri a’zolari sifatida “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi professor-o‘qituvchilari F.Toshev, V.Davlyatov, N.Kadirova, Sh.Safarova, S.Ibodullayev va viktorina boshlovchisi sifatida S.Muratayevlar ishtirok etishdi. Tadbirda talabalarga O‘zbekiston moliya-kredit tizimining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, moliyaviy-huquqiy normalarning mazmun-mohiyati, malakatimizda amalga oshirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy islohotlarning zamiri to‘g‘risidagi savollar berildi. Viktorina g‘oliblariga insonning eng yaqin hamrohi va yordamchisi bo‘lgan – kitoblar hadya etildi.

Viktorina natijadasida “Halqaro huquq” fakultetining 3-bosqich
2-guruh talabalari 1-o‘rin;

5-guruh talabalari 2-o‘rin;

4-guruh talabalari 3-o‘rin;