Universitetimizda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25-yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi
07.12.2017 15119
4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25-yilligiga bag’ishlangan bayram o’tkazildi. Tadbir boshida universitet rektori Abdumalik Abduvaxobovich Djumanov so’zga chiqdi. Ular Konstitutsiyaning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, O’zbekistonning mustaqil, bosqichma-bosqich va barqaror bo’lib rivojlanishiga asos solgani to’g’risida gapirib o’tdi. Ta’kidlab o’tildiki, respublikamizda Toshkent shahar mahalliy kengashlariga nomzodlarni tayinlash bo’yicha saylovlar demokratik va xalq xohish-irodasi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va erkinliklari asosida o’tkaziladi. Tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalardagi amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi, Konstitutsiyamizning kontseptual asoslari va mohiyati, katta tarixiy hissasi to’g’risida so’z yuritdilar. Tadbirda bir guruh talabalar va Yoshlar ittifoqi BT faollari o’zlarining badiiy chiqishlarini namoyish etdilar.