04.12.2017 16123

2017-yil 2-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida JIDU “Xalqaro huquq” fakultetining 2-bosqich talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetidan 1 ta professor-o‘qituvchi va 2-bosqichning 1-potok talabalari ishtirok etishdi. Sayyor ma’ruza davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyat doirasi, vazifalari va vakolatlari atroflicha tavsiflab berildi. So‘ngi yillarda sud hokimiyati tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida talabalarga atroflicha axborot berildi.