Pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish mahorati
29.11.2017 17421
28-noyabr kuni “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fani doirasida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu dars 1-kurs magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrantlar o‘rtasida tashkil etildi. Mazkur dars seminar shaklida o‘tkazilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash, o‘qishning zamonaviy usullaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning faolligini boyitish hamda hamkorlikni o‘rnatish kabi maqsadiy vazifalarni amalga oshirishga bag‘ishlandi. Seminar mavzusini yoritish davomida o‘zlashtirishga asoslangan interfaol usullar, darsni olib borish qoyidalari, dialogik o‘qitish, uning har xil shakl va turlaridan foydalanildi. Darsni bosqichma-bosqich amalga oshirishda ishtirokchilar o‘rtasida har tomonlama kommunikativ aloqalarni o‘rnatish, erkin fikr yuritish, fan doirasida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar qo‘llanildi. Hamkorlikni o‘rnatish davomida har bir ishtirokchi o‘z bilimi, g‘oyalari, yuklatilgan vazifalar yechimini topishda shaxsiy tashabbuslarini namoyish etdi. Mahorat darsini olib borishda “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida ta’lim olayotgan magistrantlar Xudoyberganova Muhlisa, Xamidova Dilfuza, Maratova Xurlimanlar moderator vazifasini bajardi hamda ishtirokchilarga fanga bo‘lgan qiziqishlari, faol ishtiroki, jamoa bo‘lib ishlashi, xatti-harakatlari hamda hissiyotlarini boshqarishiga ko‘maklashdi. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fani doirasida o‘tkazilgan mazkur mahorat darsi magistrantlarda katta ta’surot qoldirdi.