25.11.2017 17262

Bugun Uwedweek haftaligi doirasidagi eng qiziqarli QVZ musobaqasi bo’lib o’tdi. Bu musobaqa ko’pchilik tomonidan intiqib kutilgan bo’lib, zal talabalar bilan liq to’la edi. QVZ da nafaqat universitet talabalari, balki JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi o’quvchilari ham o’zlarining qiziqarli chiqishlarini namoyon etishdi. Musobaqaga Comedy.uz loyihasi rezidenti Abror Bakhiyarovich tashrif buyurdilar va guruhlar chiqishlarini baholab bordilar. Musobaqa yakuniga qaraganda Xalqaro munosabatlar fakulteti chiqishlari barchaga manzur bo’lib g’oliblikni qo’lga kiritdi.