25.11.2017 17242

JIDU haftaligining o`ziga xos loyihalaridan biri “Sherlok” intellektual o`yinidir. Ushbu loyiha detektiv vaziyatlarga qiziquvchilarni o`ziga jalb etdi va 20 dan ortiq tuzilgan guruhlarni o`z ichiga oldi. O`yin bosqichma-bosqich amalga oshirilidi va har bir bosqichda guruhlar soni qisqaraverdi. Ishtirokchilarning mantiqiy fikrlay olish qobiliyatlarini tekshirish maqsadida detektiv vaziyatlarga oid topshiriqlar va IQ test berildi. Yakuniy final bosqichda Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar fakulteti talabalariga hech kim yeta olmadi. Ushbu loyiha yana bir bor JIDU talabalarining naqadar ijodkor ekanliklarini isbotlab berdi.