24.11.2017 15964

JIDU haftaligida sport musobaqalari ham e`tibordan chetda qolmadi. Bu haftalikning 5-kunida suzish, stol tennisi bo`yicha musobaqa o`tkazildi. Bu loyihada “Vako” suzish musobaqasi shiddatli o`tdi. Yakkalik bellashuvlarda Xalqaro huquq fakulteti 1-kurs talabasi Mirzarahimov Bobur yetakchilikni qo`lga kiritgan bo`lsa, guruh bahslarida esa Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar fakulteti talabalari jonbozlik ko`rsatdi. Stol tennisi bo`yicha Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar fakulteti 2-kurs talabasi   Muhammadqulov Firdavs g`alaba qozondi.