19.02.2016 44650

Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida respublika miqyosida 2015 yilning dekabr oyida o‘tkazilgan “Kamolot” stipendiyasi respublika bosqichi tanlovida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs talabasi Shamsutdinov Javohirbek Nozimjon o‘g‘li g‘oliblikka sazovor bo‘ldi.

Faoliyatidagi erishgan yutuqlari:

  • 2007-2008-yillarda Oltinko’l tumanidagi 1-umumta’lim maktabida Kamolot YoIH ning  yetakchisi bo’lib faoliyat ko’rsatgan.
  • 2015-yil  aprel  oyida o’tkazilgan “Adolat bellashuvida Sohibqiron siymosi” va “YouthLab” tadbiri tashkilotchisi.
  • “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” Respublika festivali ishtirokchisi.
  • 2015-yil may oyida JIDUda o’tkazilgan “MUN” konferensiyasi ishtirokchisi.
  • 2015-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan “Yilning eng faol Mustaqillik targ’ibotchisi” nominatsiyasi g’olibi.
  • Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag’ishlangan targ’ibot-tashviqot ishlari uchun Respublika “Kamolot” YoIH MK tomonidan taqdirlangan.
  • “Munozara” to’garagi Respublika trenerlari o’quv-seminari ishtirokchisi.
  • 9-10- “Zakovat” intellektual o’yinining Respublika festivali ishtirokchisi.
  • 2015-yil “Kamolot stipendiyasi” Respublika bosqichi g’olibi.